Kuman: "Messi jamoa bilan ziddiyatga bordi, men bilan emas"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 353
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman hujumchi Lionel Messi haqida fikr bildirdi.
Xabaringiz bor, Messi uzoq vaqt davomida katalonilyaliklar safini tark etishga urinib ko'rdi, biroq yakunda futbolchi jamoada qoldi.
"Bularning bari mening yonimdan o'tib ketdi. Messi jamoa bilan ziddiyatga bordi, men bilan emas. Men Leo bilan doimiy aloqadaman, biz birgalikda ishlashga qat'iy qaror qildik. Ishonchim komilki, bu hamkorlik samarali bo'ladi. Avvalgi voqealar ortda qolishi kerak", -dedi murabbiy.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!