Beylning agenti "Tottenxem" rahbariyati bilan uchrashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 340
Londonning "Tottenxem" klubi Madridning "Real" klubi hujumchisi Garet Beylga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
31 yoshli uelslik futbolchining vakillari "shporlar" rahbariyati bilan muzokara olib borganligi haqida Sky Sports xabar tarqatmoqda.
Madridliklar o'z hujumchisini qo'yib yuborishga tayyor, lekin bu borada hali bitim tasdiqlanmagan.
Avvalroq Beylning "Manchester Yunayted" klubiga ijaraga o'tayotganligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!