«Tottenxem» Belotti borasida yangi taklif yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 397
Londonning «Tottenxem» klubi «Torino» hujumchisi Andrea Belotti borasida yangi taklif yuborishga tayyor.
Avvalroq «shporlar» futbolchining ijarasi uchun 5 million evro va keyinchalik sotib olish sharti bilan 40 million taklif qilgandi, biroq, «Torino» Andreani bunday shart evaziga qo'yib yubormaslikni ma'qul ko'rgandi.
Belotti "Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinoga juda yoqadi va uni Londonga olib kelish uchun bor imkoniyatini ishga solmoqda. "Shporlar" Belottini keyinchalik sotib olish sharti bilan transfer narxini 50 million evrogacha oshirdilar.
«Torino» rahbariyati bu shartga ko'nishlari kutilmoqda. Chunki, turinliklarga bundan yaxshi taklif tushmasligi taxmin qilinmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!