Villash-Boash: "Gonsales - irqchi emas"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 304
Frantsiyaning "Marsel" klubi bosh murabbiyi Andre Villash-Boash "PSJ" hujumchisi Neymar bilan sodir bo'lgan voqea haqida fikr bildirdi.
Eslatib o'tamiz, Frantsiya chempionatining 3-tur doirasida bo'lib o'tgan "PSJ" hamda "Marsel" klubi o'rtasidagi uchrashuvda mehmonlar himoyachisi Alvaro Gonsales parjliklar hujumchisi Neymar bilan sal bo'lmasa urushib ketardi.
"Alvaro irqchi emasligiga biz aminmiz. Men uni qanday inson ekanligini juda yaxshi bilaman. Biz uning gaplariga shubha qilmaymiz. Neymar o'z ayblovlarining jiddiyligini tushunadi", - dedi bosh murabbiy Daily Mail bilan suhbatda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!