Pisarro: "Bavariya"ga qaytganimdan xursandman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 321
Perulik mashhur futbolchi Klaudio Pisarro Myunxenning "Bavariya" klubi faxriy elchisiga aylandi.
«Men yangi ishni arafasida turibman. Bu mening hayotimda bo'lmagan tajriba bo'ladi. Men katta istak va motivatsiya bilan ishlashga va'da beraman. Yana «Bavariya»ning katta oilasiga qaytganimdan xursandman. "Bavariya" - Evropaning eng yaxshi jamoasi va men bu klubning faxriy elchisini bo'lganimdan faxrlanaman», — dedi Klaudio Pisarro.
Qayd etish kerakki, 41 yoshli hujumchi futbolchilik faoliyatini mana shu mavsumda yakunladi. Uning so'nggi jamoasi Germaniyaning «Verder» klubi bo'ldi.
Pisarro futbolchilik faoliyatining katta qismini «Bavariya» va «Verder» klublarida o'tkazgan. U «Bavariya» tarkibida 320 ta uchrashuvda maydonga tushib, 152 ta gol urgan bo'lsa, «Verder» tarkibida 327 ta uchrashuvda o'ynab, 125 ta gol muallifiga aylangan.