"Yuventus"ning Suares bilan olib borgan muzokarasi barbod bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 162
Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Luis Suares ushbu transfer bozorida Turinning "Yuventus" klubiga o'ta olmaydi, deya xabar bermoqda RAC 1.
Manbaning yozishicha, futbolchi 6 oktyabrgacha Italiya pasportini olish uchun ulgarmaydi. Aynan 6 oktyabr kuni klublar EChL uchun so'nggi ro'yxatni taqdim qilishlari kerak.
Shunga qaramasdan, urugvaylik hujumchi "Barselona"ni tark etishi kutilmoqda. Chunki, unga boshqa klublardan qulay takliflar bor.
Avvalroq, "Barselona" Suares tezroq jamoadan ketishini xohlayotgani haqida xabarlar tarqatilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!