Baxtiyor Hamidullaev: "Ismonalievning xatosi bilan gol o'tkazib yubordik"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 252
Coca-Cola Superligasi 15-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Nasaf" (0:1) uchrashuvidan so'ng "Andijon" jamoasi murabbiyi Baxtiyor Hamidullaev matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob berdi
- "Nasaf"ni qanday jamoa ekanligini, bu jamoaga qarshi ochiq o'yin qilsak hisob yanada yirikroq ko'rinish olishi mumkin edi, shuning uchun ikkinchi jamoa bo'lib o'ynashga harakat qildik. O'ylaymanki yaxshi vaziyatlar etarlicha bo'ldi lekin hamon o'sha xolat kuzatilmoqda. O'tgan safar aytib o'tganimdek markaziy futbolchilarimiz bilan ishladik, ancha yaxshi tomonga o'zgarish kuzatildi. Hujumga o'tish bo'yichaham ishlayapmiz, keyingi o'yinda bundanham yaxshi bo'ladi
- O'yin so'nggida Ismonaliev Farhod Bekmurodov bilan o'rin almashgan holda oldinga o'tib harakatlandi, bu sizning ko'rsatmangiz edimi?
- Yo'q, bugungi uchrashuvdaham Usmonning hatosi bilan gol o'tkazib yubordik, shuning uchun so'ngi daqiqalarda aybini yuvish maqsadida oldinga o'tib harakatlandi. Bu meni ko'rsatman emasdi.
- Hozirgi kunda sizning yordamchingiz bo'lgan murabbiyni yoniga yana bir "Andijon" jamoasining sobiq futbolchilaridan yordamchi sifatida olishingiz mumkinmi?
- Ha mumkin, yordamchi murabbiy kerak, hozirda shu haqida o'ylab turipmiz.
- Bugungi uchrashuvda debyut o'yinini o'tkazgan Jamshid Homidovni ikkinchi Baxtiyor Hamidullaev desak bo'ladimi?
- Menimcha maydonga tushib o'yinni buzib qo'ymadi, qaytangi o'yinni kuchaytirdi. Bizning e'tiborimiz asosan yoshlarga qaratilgan. Rahbariyat tomonidanham yoshlarga e'tibor berish kerakligi haqida vazifa qo'yilgan. Yana yoshlar etarlicha, bularni keyingi o'yinlarda sinab ko'ramiz.