Verner: "Angliyada futbol umuman boshqacha"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 372
«Chelsi»ning germaniyalik hujumchisi Timo Verner «Brayton» (3:1) ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Hisob tenglashgan paytda bizda muammolar boshlandi. Yaxshiyamki Jeyms bizni hisobda oldinga olib chiqdi. U o'zining ajoyib goli bilan ajralib turdi.
Angliyada futbol umuman boshqacha, bu erning futboli Germaniyanikidan ajralib turadi. O'yin avvallida bizda bo'sh zonalar ko'p edi, ammo, tanaffusdan keyin voqealar tubdan boshqacha rivojlana boshladi. Juda kuchli himoyachilarga duch keldim, Germaniyada bunday himoyachilar yo'q. Lekin bu erda ekanligimdan qoniqyapman.
Raqiblar uchrashuvning birinchi daqiqasidanoq bizga muammo tug'dirishni boshladi. Ular yuqori jasorat bilan pressing uyushtirishdi. Oldinda «Liverpul»ga qarshi jiddiy o'yinimiz turibdi va bu o'yin qiyin bo'lishi aniq. Umid qilamanki, har bir o'yindan o'yinga o'sishda davom etamiz», — dedi Timo Verner.