Alaba: «Bavariya»ning bayonotidan hayron bo'ldim»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 280
"Bavariya"ning avstriyalik himoyachisi David Alaba o'zining kelajagini keng omma oldida muhokama qilishni xohlamaganini aytib o'tdi.
«Jamoam bilan shartnomani keng ommada hal qilishni xohlamagandim. Aynan shu OAV orqali so'nggi kunlarda tarqalgan xabarlar menga yoqimsiz tuyuldi. Bu so'zlar jonimga tegib ketdi. Hozirda matbuot orqali muhokama qilinayotgan narsalar haqiqatga to'g'ri kelmaydi.
Klubdagilarning fikrlari turlicha bo'lishini mumkin va bu vaziyatda men o'z pozitsiyamda qolaman. Biroq, men buni ommaviy bo'lishini istamayman. Klubdagilar bunday daqiqalarni ommaga etkazmasligiga ishonaman.
Umid qilamanki, muzokaralarni ijobiy hal qilamiz. Odamlar haqiqatdan ham vaziyat qanday ekanliklarini bilishlari kerak», — dedi David Alaba.