Marko Roys Germaniya kubogi rekordchisiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 356
Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Marko Roys Germaniya kubogi rekordini o'rnatdi.
Germaniyalik futbolchi dastlabki saralash bosqichi doirasida «Duysburg»ga qarshi bahsning 57-daqiqasida maydonga tushgan zahoti gol urdi. Germaniya kubogi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko'ra, maydonga tushganidan so'ng atigi 3 soniya o'tib raqib darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi. Bu esa musobaqa rekordi hisoblanadi.
Shu paytgacha Germaniya kubogida zaxiradan tushib, tez gol urish bo'yicha rekord Antoni Modestga tegishli edi. «Xoffenxaym» futbolchisi 2014 yilda «Frankfurt» (5:1) darvozasini zaxiradan tushirilganidan 12 soniya o'tib ishg'ol qilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!