"Nyukasl" APLni sudga bermoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 386
Angliyaning "Nyukasl" klubi Saudiya Arabistonining PCP Capital Partners va Reuben Brothers davlat investitsiya fondi tomonidan sotib olinmaganligi sababli Premer-liga rahbariyatini sudga bermoqchi.
The Guaridan nashrining yozishicha, "Nyukasl" egasi Mayk Eshli ligaga qarshi da'vo uchun klubning vakili sifatida ikkita advokatni yollagan.
"Nyukasl" Premer-liga ijrochi direktori Richard Mastersning muzokaralar jarayonida nomuvofiq harakat qilgani va shu tufayli kelishuv amalga oshmaganligidan norozi.
"Nyukasl"ni sotib olish miqdori 300 million funtni tashkil qilishi kerak edi, ammo kelishuv amalga oshmadi. Klubning fikriga ko'ra, ushbu savdo Premer-liga tomonidan tasdiqlanmagan. O'z navbatida, APL rahbariyati kelishuvga to'sqinlik qilmaganligini aytgan.
Manba: isport.ua