Fabregas faoliyatidagi 800-uchrashuvini o'tkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 338
Frantsiyaning «Monako» klubi chempionatning 3-turida «Nant» klubi bilan bahs olib bordi.
«Monako» - «Nant» jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 2:1 hisobida mezbonlarning g'alabasi bilan yakunlandi. Mana shu bahs ispaniyalik Sesk Fabregasning futbolchilik faoliyatidagi 800-uchrashuvi sifatida tarixdan joy oldi.
Fabregas 303 uchrashuvni Londonning «Arsenal», 151 o'yinni esa Kataloniyaning «Barselona» safida, 198 bahsni esa Londonning «Chelsi» tarkibida, qolgan 38 ta bellashuvni esa «Monako» safida o'tkazdi.
Bundan tashqari, Sesk Fabregas Ispaniya terma jamoasi tarkibida 110 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!