"Arsenal" frantsiyalik iqtidor uchun kurashda etakchilik qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 553
Londonning "Arsenal" klubi Frantsiyaning "Dijon" klubi futbolchisi Munir Shuyarga jiddiy qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda L'Equipe.
Nashrning yozishiga qaraganda, londonliklar yosh iqtidor egasini yaqin vaqtlar ichida o'z safiga qo'shib olish niyatida. "Kanonirlar" Shuyar uchun 15 million evro to'lashga tayyor. Shuyarga shuningdek, "Vulverxempton" va "Lids" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
21 yoshli Shuyar "Dijon" tarkibida 2019 yildan beri o'ynab keladi. U jamoa tarkibida 26 ta uchrashuv o'tkazib, 6 ta gol kiritdi va bitta golga assistentlik qildi. Uning jamoa bilan tuzilgan shartnomasi 2022 yilgacha.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!