Robben debyut o'yinida jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 378
Niderlandiyaning "Groningen" klubi futbolchisi Aren Robben jarohat sababli safdan chiqdi.
Robben Niderlandiya chempionatining 1-tur doirasida PSV klubiga qarshi uchrashuvda jarohat oldi. U uchrashuvning 30-daqiqasida almashtirildi.
Qayd etish kerakki, ushbu bahs faoliyatini qayta tiklagan Robben uchun debyut hisoblanardi. Aren 2019 yili faoliyatini yakunlaganini ma'lum qilgandi, ammo, keyinroq maydonga qaytishga qaror qilgandi.
36 yoshli Robben "Groningen" klubi tarbiyalanuvchisi sanaladi. U shuningdek, PSV, "Chelsi", "Real" va "Bavariya" klublarida o'ynagan. U faoliyati davomida 31 ta sovrinni qo'lga kiritgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!