Pirlo: «Menga hujumchi kerak, imkon qadar tezroq»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 478
Turinning «Yuventus» klubi bosh murabbiyi Andrea Pirlo 2020/2021 yilgi mavsumga olib borilayotgan tayyorgarlik haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Eslatib o'tamiz, 13 sentyabr kuni Pirlo qo'l ostidagi «keksa sinora» S Seriya vakili «Novara» klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi va 5:0 hisobida g'alaba qozondi.
«Turli xil kombinatsiyalarni sinab ko'rdik. Uchrashuvning birinchi bo'limida to'rtta himoyachi bilan o'ynadik, keyin uchta himoyachi bilan o'ynashga o'tdik. Futbolchilar g'ayrat bilan o'yinga yondoshishlari muhim. Hozir ular yangi mashg'ulot turiga ko'nikishmoqda, o'ylaymanki, bundan zavq olishmoqda.
Menga imkon qadar tezroq hujumchi kerak. Biroq, hozir bozor eng maqbul variant emas, oktyabr oyini kutishga majburmiz», - Pirloning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Football Italia.