"Barselona" Depay bilan muzokaralarni qachon boshlashi ma'lum qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 228
Kataloniyaning «Barselona» klubi Frantsiyaning «Lion» hujumchisi Memfis Depayni baribir sotib oladigan bo'ldi, deya xabar bermoqda El Mundo Deportivo.
Biroq, "Barselona" klubi niderlandiyalik futbolchi bilan transfer oynasi yopilishidan oldin muzokaralarni boshlaydi va shu tariqa uning narxini kamaytirishni reja qilib turibdi.
Depayning «Lion» bilan amaldagi shartnomasi 2021 yili yakunlanadi. Frantsiyaliklar «Barselona»dan tushadigan taklifni qabul qiladi, bo'lmasa, bir yildan keyin tekinga qo'yib yuborishlariga to'g'ri keladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!