Kuman rahbariyatdan Salohni sotib olishni talab qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 143
Angliyaning «Liverpul» klubi hujumchisi Muhammad Saloh Kataloniyaning "Barselona" klubini transfer bozoridagi asosiy maqsadi bo'lib turibdi. Jamoaning yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman rahbariyatdan misrlik futbolchini sotib olish variantlarini ko'rib chiqishni so'radi.
Kataloniyaliklar Salohni shu yozgi transfer bozorida sotib olishga harakat qilib ko'radi. Avvalroq, «Barselona» "mersisaydliklar"ning yana bir hujumchisi – Sadio Manega qiziqish bildirish ko'rishgandi.
Eslatib o'tamiz, kecha Saloh "Lids" klubiga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuvda xet-trik qayd etgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!