«Inter» va «Yuventus» «Real» himoyachisi uchun kurashni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 221
Madridning «Real» klubi himoyachisi Marselo shu transfer bozorida o'z jamoasini o'zgartirishga yaqin turibdi. Braziliyalik himoyachining xizmatlariga «Inter» va «Yuventus» klublari qiziqish bildirishmoqda.
Ushbu transferni amalga oshishiga to'sqinlik qilayotgan yagona narsa – futbolchining maoshi. Hech qaysi klubi braziliyalik himoyachiga yiliga 8 million evro to'lash niyatida emas.
Marselo o'z kelajagi haqida o'ylay boshladi, chunki, Ferlan Mendi «qaymoqranglilar» safida ko'proq asosiy tarkibda maydonga tushmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!