«Inter» Lautaro bilan shartnomani uzaytirishga shoshilmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124
Italiyaning «Inter» klubi sport direktori Pero Aulizio Lautaro Martines bilan yangi tuzilishi kerak bo'lgan shartnoma haqida o'z fikrlarini aytib o'tdi.
«Lautaroning ko'rsatayotgan o'yinidan qoniqyapmiz. U bilan shartnomani uzaytirish borasida hech qanday muammo yo'q. U hali yosh, uning yana amalda 4 yillik shartnomasi bor, shu sababli, shoshishimizga hojat yo'q.
Shartnoma – bu nafaqat huquq, balki majburiyat hamdir. Lautaroning ishi – «Inter»ning manfaati uchun maydonda bor kuchini berib ishlash. U bilan yangi shartnoma borasida muzokara olib borishga hali bizda vaqt bo'ladi».
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!