Stiv Bryus: "Avvallari bizga gol etishmasdi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 159
Angliyaning "Nyukasl" klubi bosh murabbiyi Stiv Bryus APLning 1-tur doirasida "Vest Xem" (2:0) klubi ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi.
"Ushbu hafta biz uchun zo'r bo'ldi deya olmayman. Biroq, Siz qachonki APLning startini g'alaba bilan boshlasangiz, bu rejalaringizni amalga oshirishga yaqindan yordam beradi. Hujumchimiz kiritgan gol hujumchilarga hos ravishda kiritildi. Avvallari bizga gol etishmayotgandi, endi bizga Kallum Uilson yordam bermoqda. U jamoani mukammallashtirmoqda. Biz o'sishga erishdik", - Bryusning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!