«Vest Xem» «Chelsi»ining ikkinchi taklifini ham rad etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 159
Londonning «Chelsi» klubi «Vest Xem» yarim himoyachisi Deklan Raysni o'z tarkibiga qo'shib olishga harakat qilmoqda. «Ko'klar» futbolchining transferi borasida ikkinchi so'rovnomani yuborishdi. Londonliklarning Raysga yuborilgan birinchi taklifi 45 million evro edi, ikkinchisi esa 60 million evroga ko'tarildi.
Italiyalik insayder Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, «Vest Xem» o'z futbolchisini bunday mablag'ga sotish niyatida emas. "Bolg'achilar" Raysning transferidan kamida 80 million evro ishlab olishmoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!