Belgiyada futbolchi 1 metrdan bo'sh darvozaga gol ura olmadi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 325
Belgiya chempionatida bo'lib o'tgan «Mexelen» va «Ostende» jamoalari o'rtasidagi o'yinda hujumchi uchun alamli vaziyat yuzaga keldi.
Bahsning 67-daqiqasida (hisob o'sha paytda 0:0 edi) «Mexelen»ning 17 yosh yarim himoyachisi Aster Vranks mutlaqo bo'sh darvoza oldida to'p bilan yolg'iz qoldi. Unga hech kim xalal bermayotgandi. Ammo zarba berish chog'ida to'pni bosib oldi va yiqilib tushdi. Natijada darvozagacha etib bormadi.
Vranksning xatosi «Mexelen»ga qimmatga tushdi. Qo'shib berilgan daqiqalarda «Ostende» himoyachisi Jek Xendri gol urib, o'z jamoasiga g'alaba keltirdi.
«Juda afsusdaman, lekin ushbu vaziyat tufayli aqldan ozmoqchi emasman», — dedi Vranks o'yindan keyin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!