Neymar va Di Mariya «Le Klassiko»da o'ynashga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 348
«PSJ» hujumchisi Neymar va yarim himoyachisi Anxel Di Mariya Frantsiya chempionatining 2-turidan olgan «Marsel»ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin. Ushbu futbolchilar avvalroq koronavirusga chalingani uchun shu paytgacha karantinda o'tirishgan edi. Ularning maydonga qaytishini Tomas Tuxel tasdiqladi.
Germaniyalik mutaxassisning aytishicha, shuningdek, darvozabon Keylor Navas va yarim himoyachi Leandro Paredes mashg'ulotlarga qaytishdi. Ularda ham koronavirus aniqlangan edi.
Hozirda Kilian Mbappe, Markinos va Mauro Ikardi karatinda qolishmoqda.
«Le Klassiko» 13 sentyabr kuni bo'lib o'tadi. Bugun «PSJ» o'z uyida «Marsel»ni qabul qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!