Ayollar Oliy ligasi. “Andijanka” – “Navbahor-W” uchrashuvi qoldirildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 317
Ayollar Oliy ligasi 3-turidan o'rin olgan “Andijanka” – “Navbahor-W” uchrashuvi “Navbahor-W” futbolchi qizlarida koronavirus aniqlangani uchun boshqa muddatga qoldirildi.
O'zPFL qoshida shifokorlardan tuzilgan maxsus komissiya talabiga ko'ra, ayollar Oliy va Birinchi liga jamoalari ham Ig G va PZR testlari topshirishi haqida xabar bergan edik. Shunday test jarayonida qatnashayotgan “Navbahor-W” klubining bir necha a'zolarida koronavirus infektsiyasi aniqlangan. Shu bois, klub a'zolari extiyot chorasi sifatida izolyatsiyaga olingan. Jamoaning 3-turda “Andijanka”ga qarshi o'yini esa, boshqa muddatga qoldirildi.
Manba: pfl.uzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!