Aleksandr Lyakazett Angliya Premer Ligasi tarixiga kirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 473
«Arsenal» Angliya chempionatining 2020/21 yilgi mavsumini ochib bergan o'yinda «Fulhem»ni mag'lubiyatga uchratdi (3:0).
«Kanonirlar» hujumchisi Aleksandr Lyakazett uchrashuvning 9-daqiqasida hisobni ochdi. Bu Premer Liga joriy mavsumining ilk goli bo'ldi.
Frantsiyalik futbolchi Angliya chempionatining 2017/18 yilgi mavsumida ham ilk golni urgan va bu gol uning Angliyadagi debyut goli bo'lgandi.
Shu tariqa Lyakazett APL ikki mavsumining debyut goli mualliflik qilgan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi.
29 yoshli futbolchi Premer Liga 2019/20 yilgi mavsumida 30 o'yin o'tkazib, 10 gol va 6 ta golli uzatma muallifiga aylangandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!