Superliga. «Bunyodkor» nihoyat g'alaba qozondi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 158
Superligada 14-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. «Surxon»ni qabul qilgan «Bunyodkor» ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.
«Qaldirg'ochlar» ikkinchi bo'lim avvalida o'yin taqdirini hal qilishdi. Ikki daqiqa ichida raqib himoyasida yo'l qo'yilgan ikki xato "qaldirg'ochlar"ning gollari bilan yakunlandi. Birinchi xatodan Rasul Yo'ldoshev unumli foydalangan bo'lsa, ikkinchisini Nurillo To'xtasinov golga aylantirdi.
Shundan so'ng mezbonlar biroz xotirjamlikka berildi. Natijada xatolar yuzaga kela boshladi. A'zamjon Aliev 76-daqiqada endi bizning himoyadagi xatoni gol bilan jazoladi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqada Vladislav Nuriev penalti ishladi. Nuqtaga yaqinlashib o'yinga nuqta qo'yishni maqsad qilgandi, biroq Asilbek Omonov ajoyib seyvni amalga oshirib hisob o'zgarishiga yo'l qo'ymadi.
Shu tariqa, "Bunyodkor" ketma-ket 4ta durangdan so'ng g'alaba nashidasini surdi va o'z ochkolarini 26taga etkazdi.
Coca Cola Superliga. 14-tur
«BUNYoDKOR» – «SURXON» - 2:1 (0:0)
12 sentyabr. Toshkent. «Bunyodkor» stadioni.
Gollar: Rasul Yo'ldoshev, 49 - 1:0. Nurillo To'xtasinov, 51 - 2:0. A'zamjon Aliev, 75 - 2:1.
Foydalanilmagan penalti: Vladislav Nuriev, 90+4.
«Bunyodkor»: Abdumavlon Abduljalilov, Islomjon Qobilov, Davronjon Ergashev (Muhammadodil Qahramonov, 69), Ibrohimhalil Yo'ldoshev, Xurshid G'iyosov (Selim Nurmuradov, 69), Rasul Yo'ldoshev, Lutfulla To'raev, Sanjar Qodirqulov, Nurillo To'xtasinov (Anvar G'ofurov, 88), Abdulla Abdullaev, Shahboz Erkinov (Vladislav Nuriev, 69).
«Surxon»: Asilbek Omonov, Abduqahhor Hojiakbarov, Sherzod Karimov, Aleksandr Kasyan (Muhammad Ali Abdurahmonov, 71), Nuriddin Hasanov, A'zamjon Aliev, Jahongir Mehmonov, Darko Stanoevich, Behro'z Shoydulov (O'rol Choriev, 87), Ibrohim Yo'ldoshev (Nizomjon Norov, 54), Asror G'ofurov.
Ogohlantirishlar: Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 9. Nuriddin Hasanov, 80. Lutfulla To'raev, 82. Behro'z Shoydulov, 85. Rasul Yo'ldoshev, 90. Sanjar Qodirqulov, 90+1. Abdumavlon Abduljalilov, 90+2. Jahongir Mehmonov, 90+4.
Bosh hakam: Rahimbek Karimov.
Qanot hakamlari: Husniddin Shodmonov, Aleksandr Burov.
Zaxiradagi hakam: Shuhrat Rajabov.
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev.
Komissar: Laziz Qo'chqorov.