AGMK mavsumda ilk marta mag'lubiyat alamini tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 118
Superliganing ikkinchi davra doirasidagi 14-tur o'yinida AGMK Bekobodda "Metallurg" mehmoniga aylandi.
Uchrashuv olmaliqlarning ustunligi ostida o'tgan bo'lsada, yaratilgan ko'plab vaziyatlarni golga aylantirishda ularga aniqlik etishmadi. Ayniqsa birinchi taymda vujudga kelgan ko'plab imkoniyatlar ko'kka sovurildi. Amanov, Polvonov, Tursunov, Abdurahimov, Nurmatov tomonidan ko'plab xavfli vaziyatlar besamar ketdi.
Ikkinchi bo'limning 67-daqiqasida "Metallurg"ning o'ng qanotdan tashkil etgan hujumini Salamat Qutibaev samarali yakunladi. Jarima maydonchasiga oshirilgan to'pga oyog'ini o'z vaqtida qo'ygan Qutibaev kutilmagan gol muallifiga aylandi. Shundan keyin bahsda boshqa gol urilmadi.
Shu tariqa, AGMK mavsumdagi dastlabki mag'lubiyatini ikkinchi davraning ilk bellashuvida qabul qilib oldi.
Superliga, 14-tur.
12 sentyabr, shanba
«Metallurg» — AGMK 1:0
Gol: Qutibaev (67)
Bekobod shahri, "Metallurg" stadioni.
“Metallurg” - 12. Aleksandr Lobanov, 5. Abbos Otaxonov, 8. Salamat Quttiboev, 14. Abrorbek Toshqo'ziev, 15. Zohid Abdullaev (10.Shahzod Ubaydullaev, 61), 21. Kamoliddin Tojiev, 23. Abdurahmon Abdulhaqov (7.Doniyor Narzullaev, 61), 27. Ixtiyor Toshpo'latov, 28. Stanislav Andreev, 43. Davron Anvarov (11.Murod Bobojonov, 80), 88. Evgeniy Chumak.
AGMK — 35.Valijon Rahimov - 2.Akmal Shorahmedov (20.Mirg'iyos Sulaymonov, 84), 44.Bobur Yo'ldoshev, 3.Sardor Rahmonov (5.Dilshod Jo'raev, 73), 11.Murod Toshmatov - 23.Yovan Jokich, 17.Sanjar Tursunov, 18.Bahrom Abdurahimov (10.Shahzod Nurmatov, 78) - 77.Arslonmirat Amanov (94.Husniddin G'ofurov, 73), 9.Zafar Polvonov (21.Mate Vatsadze, 78), 7.Elguja Grigalashvili.
Ogohlantirishlar: Abdulhaqov (38) - Yo'ldoshev (23), Grigalashvili (90).
Hakamlar: Zokir Qodirov, Ruslan Samandarov, Bektursin Kannazarov, Doston Mirzaraimov
Nazoratchi: Timur Abdullaev
Komissar: Zoxirjon Akramxonov.