"Milan" himoyachisi Frantsiya chempionatiga ko'chib o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 401
"Milan" himoyachisi Simon Ker "Renn" futbolchisiga aylanishi mumkin, deb xabar beradi Footmercato nashri.
Frantsiya klubi ushbu mavsumda Chempionlar Ligasi guruh bosqichidan o'z ishtirokini boshlaydi, shu sabali tarkibini kuchaytirish uchun turli xil variantlarni izlamoqda. Manbaga ko'ra, ulardan biri 31 yoshli daniyalik futbolchi hisoblanmoqda.
Oldinroq OAVda "Inter" himoyachisi Diego Godin "Renn" futbolchisiga aylanishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma'lumot uchun, o'tgan mavsumda Ker "A" Seriyada 20 ta o'yin o'tkazdi.
Manba: FootmercatoFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!