Pogba koronavirusdan so'ng «MYu» mashg'ulotiga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 152
44«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Pol Pogba jamoa mashg'ulotlariga qaytdi. Avgust oyi so'ngida frantsiyalik futbolchi koronavirusga chalingan edi. U sog'aydi va safga qaytdi.
Shu bilan birga, Pogba «MYu»ning mavsumdagi bahsi — «Kristal Pelas»ga qarshi o'yinda (19 sentyabr) ishtirok etishi so'roq ostida.
«Pol jamoaning bir nechta mashg'ulotlarida ishtirok eta olmadi. Ammo u o'z formasini tez tiklamoqda.
Albatta, u karantindan keyin qaytish uchun juda ko'p ishladi. Keyin esa mashg'ulotning aksariyat qismida to'p bilan ishladi.
Umid qilaman, u keyingi haftagacha maydonga tushishga tayyor bo'ladi. Ammo bunga ishonchim 100% komil emas», – dedi Ole-Gunnar Sulsher.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!