Rasman: «Milan» yangi darvozabon sotib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 293
Italiyaning «Milan» klubi darvozabon Chiprian Teterushanani sotib olganini rasman e'lon qildi. "Rassonerlar" ruminiyalik darvozabon bilan uch yillik shartnoma imzoladi.
«Milan» klubi darvozabonning transferi uchun «Lion» klubiga yarim million evro to'lab berdi. 34 yoshli darvozabon asosiy tarkibning Janluidji Donnarummadan keyingi ikkinchi darvozaboni bo'ladi.
Ruminiyalik darvozabon A Seriyada o'ynashga ulgurgan. U «Fiorentina» klubi sharafini 2014 yildan 2017 yilgacha himoya qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!