Tuxel: «Asosiy futbolchilar etishmadi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 208
Frantsiyaning "PSJ" klubi bosh murabbiyi "Lans" jamoasidan qabul qilib olingan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.
«Bugungi uchrashuvda gol kiritish uchun imkoniyat hosil qilishga harakat qildik. Futbolchilarimga hujumda aniqlik etishmaganini tan olaman. Ular har doimgidek vaziyatlarimizni sodir eta olishmadi.
Bugungi uchrashuv uchun ixtiyorimizda qisqartirilgan tarkib bor edi. Karantindagi futbolchilarimizning yo'qligi sezildi. Bugun maydonda ko'plab yosh futbolchilar o'ynadi. Xatolarga yo'l qo'ydik, raqibni xato qilishga majbur qila olmadik. Mening fikrimcha, bugun durang natijaga loyiq edik», — dedi Tomas Tuxel.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!