"Yuventus" himoyachisi La Ligaga ko'chib o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 204
Turinning «Yuventus» klubi himoyachisi Mattia De Shilo faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Italiya matbuoti tarqatgan ma'lumotga qaraganda, 27 yoshli futbolchiga Ispaniyaning «Vilyarreal» klubi tomonidan jiddiy qiziqish bo'lmoqda. Xabarda aytilishicha, «Vilyarreal» klubining yangi bosh murabbiyi ushbu transferni amalga oshirish tarafdori.
Qayd etish kerakki, «Vilyarreal» klubi himoyachisi Alberto Moreno jiddiy jarohat olganidan keyin, jamoa bosh murabbiyi yangi futbolchi sotib olish payiga tushib qoldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!