Verratti: «Ko'plab omillar natijaga ta'sir ko'rsatdi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 218
Frantsiyaning «PSJ» klubi yarim himoyachisi Marko Verratti chempionatning birinchi turida "Lans" klubidan qabul qilib olingan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.
«Yakuniy natijaga ta'sir ko'rsatadigan omillar juda ko'p edi. Sizni ishontirib ayta olamanki, jamoamiz g'alaba uchun 100 foiz o'z kuchini ishga soldi. Biroq, bu bizning ko'rgan tayyorgarligim shu ekanligini ko'rsatib berdi. Bir haftalik mashg'ulotdan keyin yuqori sifatli o'yinni kutmaslik kerak. Yigitlar kiyinish xonasida xuddi charchagandek ko'rinishdi.
O'yinlarni dam olish kuniga belgilamagani g'alati. Buni faqatgina Frantsiyada kuzatish mumkin.
Bugun ko'plab futbolchilarimiz koronavirus sababli maydonga tusha olmadi. Shuning uchun asosan yoshlar tushdi. Oradan uch kun o'tgach bizni yana shunday kun kutmoqda. Printsipial raqib - «Marsel» bilan o'yinni o'tkazish uchun boshimiz qotgan», — dedi Marko Verratti.