Rasman! Lennon Turkiya klubiga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 162
Angliyaning futbolchi Aaron Lennon o'zining "Tvitter"dagi rasmiy sahifasida Turkiya chempionatiga yo'l olganini tasdiqladi. Uning yangi jamoasi – «Kayserispor».
Lennon so'nggi uch yilni Angliyaning «Byornli» klubida o'tkazdi. 33 yoshli futbolchi sobiq jamoasiga qo'llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi.
Aaron Londonning «Tottenxem» va Angliya terma jamoasi orqali mashhur. Faoliyatining eng cho'qqisida APLning eng tezkor futbolchilaridan biri bo'lgan. Angliya terma jamoasida 22 ta uchrashuv o'tkazgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!