Mourinoga hujumchi kerakmi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 264
Londonning «Tottenxem» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino hujumchiga ehtiyoji bor ekanligini yashirmadi. «Shporlar» zudlik bilan hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi.
«Men hujumchi olib kelishni xohlayman, menga yangi hujumchi keak. Rahbariyati ushbu xohishimdan xabardor va buni amalga oshirishadi degan umiddaman. «Tottenxem»ga hujumchi shart.
Yangi hujumchi bilan shartnoma tuzishga ulguramizmi? Umid qilamanki, albatta ulguramiz. Tarkib yanada muvozanatli bo'lishi kerak.
Ayniqsa, bu futbol ligasi va UEFAdan olgan "sovg'a"mizdan keyin juda muhimdir. Men yakshanba, seshanba, payshanba va yakshanba kunlari ketma-ket ikki hafta o'ynashning noyob tajribasiga duch keldim. Shubhasiz, biz hujum chizig'iga muhtojmiz», - dedi Joze Evening Standard bilan suhbatda.