Argentina terma jamoasi Messining diskvalifikatsiyasini bekor qilinishiga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 230
Argentina futbol federatsiyasi prezidenti Klaudio Tapiya xabara berishicha, "albiseleste" hujumchisi Lionel Messi oktyabr oyiga belgilangan xalqaro o'yinlarda ishtirok etishi mumkin.
Funktsionerning aytishicha, Argentina terma jamoasi futbolchining diskvalifikatsiyasini bekor qilinishiga erishdi. Endi oktyabr oyida bo'lib o'tadigan Ekvador va Boliviyaga qarshi JCh-2022 saralash bosqichi o'yinlarida maydonga tushishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Messi avvalgi Amerika kubogi musobaqasi paytida tashkilotchilarni tanqid qilgani uchun KONMEBOL uni bitta o'yinga diskvalifikatsiya qilgan edi. Terma jamoa sardori 8 oktyabr kuni bo'ladigan Ekvadorga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi kerak edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!