Neymar mashg'ulotlarga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 218
Frantsiyaning "PSJ" klubi hujumchisi Neymar jamoa mashg'ulotlariga qaytdi.
Eslatib o'tamiz, Neymar avvalroq koronavirus infektsiyasini yuqtirib olgandi. Ayni paytda futbolchining ahvoli juda yaxshi va mashg'ulotlarga kirishdi deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.
13 sentyabr kuni PSJ Frantsiya chempionati doirasida «Marsel» klubi bilan bahs olib boradi. Braziliyalik futbolchi mana shu uchrashuvda ishtirok etishi kutilmoqda.
Qo'shimcha o'rnida shuni aytish kerakki, "PSJ" tarkibida bir qator futbolchilar Kovid-19 infektsiyasini yuqtirib olishgan. Kecha chempionat doirasida "Lans" klubi mehmoni bo'lgan Tuxel shogirdlari imkoniyatni boy berishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!