Grizmann Koutinoning raqamini so'radi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 439
Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumchisi Antuan Grizmann jamoadoshi Filippe Koutinodan 7-raqamni so'radi.
Eslatib o'tamiz, Grizmann o'tgan mavsum «Barselona» tarkibida 17-raqam ostida to'p surgandi. 7-raqam esa Koutinoga berilgandi. Keyinroq braziliyalik futbolchi «Bavariya» klubiga ijaraga ketdi. O'shanda Antuan 7-raqamni olishga harakat qildi, biroq, Ispaniya Qirollik Futbol Federatsiyasi mavsum o'rtasida futbolchining raqam almashtirishiga ruxsat bermagandi.
Ronald Kuman Koutinoni «Kamp Nou»da saqlab qolmoqchi va ungi ikkinchi imkoniyatni bermoqchi. Filippe 7-raqamni Antuanga beradimi yoki yo'qmi, bu haqda hozircha aniq bir ma'lumot yo'q.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!