Stefan El-Shaaravi Evropaga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 477
"Shanxay Shenxua" hujumchisi Stefan El-Shaaravi Evropaga qaytishi mumkin, deb xabar berdi jurnalist Nikolo Skira.
Manbaning xabariga ko'ra, 27 yoshli italiyalik futbolchiga PSJ, "Arsenal", "Yuventus" va "Roma" jamoalari qiziqish bildirmoqda. Ko'plab klublar allaqachon uning agent ukasi Manuel El-Shaaravi bilan bog'lanishgan.
Ma'lumot uchun, "Shanxay Shenxua" bilan El-Shaaravi dekabr oyida Liga kubogini qo'lga kiritdi.
Transfermarkt portali italiyalik futbolchining qiymatini 16 million evroga baholamoqda.
Manba: Goal.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!