"Vulverxempton" bosh murabbiyi bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 427
Vulverxempton" jamoa bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi, deb xabar beradi Daily Mail nashri.
Manbaning xabariga ko'ra, 46 yoshli mutaxassis 2023 yil iyun oxirigacha bo'lgan yangi shartnoma imzolaydi. Qayd etilishicha, klub murabbiyning maoshini sezilarli darajada oshiradi.
Ma'lumot uchun, Nunu Eshpiritu Santu "Vulverxempton"ni 2017 yilda qabul qilib oldi.
Portugaliyalik murabbiy qo'li ostida jamoa Premer-ligaga yo'l oldi va 2019/20 yilgi mavsum yakuniga ko'ra 7-o'rinni egalladi. Shuningdek, Nunu "bo'rilar"ni Evropa Ligasining chorak finaliga olib chiqdi va u erda "Sevilya"ga imkoniyatni boy berdi (0:1).
Manba: Dail MailFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!