"Vest Xem" "Bernli" himoyachisi uchun 28 million funt taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 371
"Vest Xem" "Bernli" himoyachisi Jeyms Tarkovskini sotib olmoqchi.
Londonliklar 27 yoshli himoyachi uchun 28 million funt taklif qilishdi, ammo rad javobini olishdi.
Daily Mail nashrining yozishicha, klub haftasiga 100 ming funt ishlab topadigan yarim himoyachisi Jek Uilsher bilan shartnomani bekor qilsa, Tarkovski uchun taklifini oshirishi mumkin.
Hozirda klub va 28 yoshli Uilsher o'rtasida muzokaralar olib borilmoqda.
Oldinroq "Bernli" Tarkovskini 50 million dollardan kamiga sotmasligi xabar berilgan edi.
Manba: Dail MailFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!