"Tottenxem" futbolchisi A Seriyaga o'tishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 465
PA News tarqatgan ma'lumotga qaraganda, Londonning "Tottenxem" klubi futbolchisi Denni Rouz Italiyaning «Jenoa» klubiga o'tishga yaqin turibdi. Futbolchi o'ziga APL klublaridan topa olmadi.
Shuningdek, Rouz terma jamoa ustozi Garet Sautgeytga bosh jamoada o'ynashga qodir ekanligini isbotlamoqchi. Chunki, Angliya terma jamoasining eng muammoli nuqtasi - chap qanot himoyasi sanaladi.
Rouz «shporlar» bilan yana bir yillik shartnomaga ega, lekin, klub bosh murabbiyi Joze Mourino uni asosiy tarkib bilan mashg'ulotlarda ishtirok etishiga ham ruxsat bermadi. Shu sababli, angliyalik futbolchi o'rinbosarlar tarkibi bilan shug'ullanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!