Rasman: Bonaventura – «Fiorentina» futbolchisi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124
Tajribali yarim himoyachi Jakomo Bonaventura Italiyaning «Fiorentina» klubi futbolchisiga aylandi. Bu haqda florentsiyaliklarning rasmiy sayti xabar bermoqda.
31 yoshli futbolchi "Fiorentina" tarkibiga erkin agent sifatida kelib qo'shildi. Shartnoma shartlari hozircha e'lon qilinmayapti.
Bungacha Jakomo «Milan» klubi sharafini himoya qilgandi. Bonaventura «rossonerlar» tarkibida olti mavsum to'p surdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!