"Lion" etakchisiga APLning ikki grand klubi qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 247
Frantsiyaning "Lion" klubi yarim himoyachisi Ussem Auar yozgi transfer yopilguniga qadar Angliya chempionatiga ko'chib o'tishi mumkin.
Mirror nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, frantsilik yarim himoyachi uchun "Manchester Siti" va "Arsenal" klublari jiddiy kurash olib bormoqda. Auarni o'z jamoasi safida ko'rishni Xosep Gvardiola va Mikel Artetalar xohlamoqda.
Auarning transfer narxi 49,5 million evro atrofida baholanmoqda.
Yakuniga etgan mavsumda Auar "Lion" tarkibida 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol kiritdi va 10 ta golga assistentlik qildi. Hozirda u koronavirusga chalingan va davolanish bilan band.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!