Rasman! "Vulverxempton" navbatdagi portugaliyalik futbolchini o'z safiga qo'shib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 338
Angliyaning "Vulverxempton" klubi o'zining rasmiy sayti orqali Portugaliyaning "Portu" klubi yarim himoyachisi Vitinyani o'z safiga qo'shib olganini rasman e'lon qildi.
"Bo'rilar" 20 yoshli portugaliyalik yarim himoyachini keyinchalik sotib olish sharti bilan mavsum oxiriga qadar ijaraga oldi.
Vitinya "Portu" klubi tarbiyalanuvchisi sanaladi, u "ajdarholar"ning asosiy tarkibida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golga hammualliflik qildi.
Iqtidorli futbolchining transfer narxi 5 million evro atrofida baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!