"Atletiko" futbolchisi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 217
Madridning "Atletiko" klubi himoyachisi Santyago Arias faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
Angliya matbuotining yozishiga qaraganda, kolumbiyalik futbolchiga Angliyaning "Everton" klubi qiziqish bildirmoqda.
Xabarda aytilishicha, tomonlar 28 yoshli futbolchining transferi borasida muzokaralarni boshladi.
Arias o'tgan mavsum "Atletiko" tarkibida 18 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning transfer bozoridagi narxi 12 million evro atrofida baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!