«Napoli» o'z futbolchisini APL klubiga sotishdan bosh tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 317
Italiyaning «Napoli» klubi o'z yarim himoyachisi Irving Losanoni sotishdan bosh tortdi deya xabar tarqatmoqda Il Mattino.
Losanoga Angliyaning «Everton» klubi jiddiy qiziqish bildirayotgandi. Ushbu transferni amalga oshirishni «Everton» klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti xohlayotgan edi.
O'z navbatida «Napoli» klubi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo rahbariyatdan Losanoni jamoada saqlab qolishni so'radi. Chunki, Jennaro meksikalik futbolchining o'yinlaridan qoniqish hosil qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!