«Barselona» Depay borasida hali rasmiy so'rov yubormadimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 198
Frantsiyaning «Lion» klubi sport direktori Junino Memfis Depay faoliyatini Kataloniyaning «Barselona» klubida davom ettirishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga o'z fikrini bildirdi.
«Ayni paytda shuni aytishim mumkinki, «Barselona» Depay borasida rasmiy taklif yubormagan. Hozir bundan boshqa hech narsa ayta olmayman. Qachonki bizga rasmiy so'rovnoma kelib tushadi, shundan keyin o'ylashni boshlaymiz.
Memfis o'z terma jamoasiga ketishidan oldin gaplashdim. O'shanda u «Barselona»dan hech kim qo'ng'iroq qilmaganini aytdi, - dedi Junino.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!