Lempard Xaverts haqida qanday fikrda?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 188
Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Frenk Lempard jamoaning yangi futbolchisi Kay Xaverts haqida o'z fikrlarini bildirdi.
«Xaverts – haqiqatdan intrigani yuzaga keltiradigan transfer bo'ldi. Bu men uchun ham, klub uchun ham, muxlislar uchun ham foydali o'tish bo'ldi. Bir paytlar men bilan bir xil pozitsiyada o'ynaydigan ushbu futbolchini anchadan beri kuzatib kelardim. Men uni iqtidorli ekanligini va undan jamoada qanday foydalanish kerakligini bilardim. Kay har tomonlama bizga mos futbolchi, biz uni o'z safimizga qo'shib olganimizdan xursandmiz», - dedi Frenk Lempard klub rasmiy saytga.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!