Morata nima qilmoqchi, "Yuventus"ga o'tadimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 215
Ispaniyalik hujumchi Alvaro Morata faoliyatini Madridning «Atletiko» klubida davom ettirishga qaror qildi. Madridliklar o'z hujumchisini sotish niyatida emas.
«Atletiko» Morataga Turinning «Yuventus» klubi tomonidan qiziqish bo'layotganini biladi, lekin, shunday bo'lishiga qaramay, «matraschilar» Alvaroni o'z safida olib qolishga erishdi.
Morataning «Atletiko» klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida yakunlanadi. Yakuniga etgan mavsumda Morata La Ligada 12 ta gol kiritishga erishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!